Navoiy davlat universiteti Turkiya Oliy taʼlim Kengashi tomonidan tan olindi
Yangi oʻquv yilidan Navoiy davlat universitetining xalqaro miqyosdagi nufuzi yana bir qadar yuksalib, xalqaro oliy taʼlimga integratsiyalashuvda navbatdagi qadam qoʻyildi.
Gap shundaki, yaqinda Turkiya Respublikasi Oliy taʼlim Kengashi Navoiy davlat universiteti xalqaro tan olingan universitetlar roʻyxatiga kiritilganligi eʼlon qilib, rasmiy xat yoʻlladi.
— Endi universitet bitiruvchilarining barcha diplomlari Turkiya Respublikasida rasman tan olinadi, — deydi Navoiy davlat universiteti rektori Muhiddin Kalonov. — Shuningdek, Turkiya oliy taʼlim muassasalari bilan akademik hamkorlik yoʻlga qoʻyilib, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvi amalga oshiriladi. Qoʻshma dasturlar, ilmiy maqolalar va xalqaro konferensiyalar tashkil etiladi.
Tabiiyki, bu universitet talaba va bitiruvchilar hamda ilmiy muhiti uchun yangi ufq va cheksiz imkoniyatlar demakdir.
Temur ESHBOYEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring