Navbahor Hamidova oʻzbekistonlik bokschi qizlar orasida bu natijaga erishgan birinchi sportchi boʻldi
Astana shahrida boʻlib oʻtayotgan boks boʻyicha Jahon kubogida oʻzbekistonlik Navbahor Hamidova tarixiy yutuqqa erishdi. U mazkur musobaqada chempionlikni qoʻlga kiritgan birinchi ayol bokschi sifatida yurtdoshlarimiz nomini boks tarixiga yozib qoʻydi.
Navbahor Hamidova final jangida katta tajribaga ega raqibga qarshi ringga koʻtarildi. Uning raqibi — Turkiya terma jamoasi vakili, Olimpiada chempioni va uch karra jahon chempioni Busenaz Surmeneli edi.
Oʻta murosasiz kechgan bahsda Navbahor Hamidova raqibini 5:0 hisobida yirik farq bilan magʻlubiyatga uchratib, oltin medalga sazovor boʻldi. Shu tariqa, Hamidova oʻzbekistonlik qizlar orasida Jahon kubogi gʻolibasi boʻlgan ilk bokschiga aylandi.
Ushbu gʻalaba Oʻzbekiston sport tarixi uchun muhim voqea sifatida qayd etilmoqda. Navbahor Hamidovaning yutugʻi oʻzbekistonlik qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berishi, boks rivojiga katta turtki boʻlishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring