NATO Ukrainaga harbiy kontingent joʻnatishni rejalashtirmayapti
Foto: РИА Новости
NATO Ukrainaga harbiy kontingent yuborish masalasini muhokama qilmayapti. Bu haqda alyansning Harbiy qoʻmitasi raisi Juzeppe Kavo Dragone Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
— Bu savollar xalqaro siyosat va Moskva bilan muzokaralar doirasiga kiradi. Ammo NATOda bunday masala umuman muhokama qilingani yoʻq, hatto ishora ham qilinmadi. Bu haqda gapirish hali erta, — dedi Dragone.
Uning soʻzlariga koʻra, kontingent yuborish gʻoyasi ayrim davlatlar tomonidan ikki tomonlama tarzda koʻtarilgan boʻlishi mumkin.
— Lekin yana takrorlayman, bu faqat boshlangʻich holatda. Hatto tayyor qoʻshinlar bor-yoʻqligini ham bilmayman. Balki NATOga kirmaydigan mamlakatlardan askar joʻnatish varianti koʻrib chiqilishi mumkin. Hozircha barcha savollar ochiq qolmoqda. Bir narsa aniq — NATO avvalo oʻz aʼzo davlatlari fuqarolarini himoya qilishga sodiq qolmoqda, — deya qoʻshimcha qildi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring