NATO “Rossiya hujumi” ssenariysi asosida mashgʻulotlar oʻtkazishga kirishdi

13:29 10 Aprel 2025 Dunyo
307 0

Arxiv foto

NATO havo kuchlari “Ramshteyn bayrogʻi” mashqlari doirasida Rossiyaning harbiy blok mamlakatlariga hujumi ssenariysi asosida mashgʻulotlar oʻtkazmoqda. Bu haqda Germaniyaning DPA agentligi yozmoqda.

Qayd etilishicha, mashgʻulotlarga 90 ta samolyot, shuningdek, dron va vertolyotlar jalb etiladi. Mashqlar 31-martdan beri davom etmoqda va alyans kuchlari havo hujumlarini qaytarish va dushmanning havo hujumidan mudofaa tizimlarini yoʻq qilish uchun allaqachon manevrlar oʻtkazgan.

Endi Niderlandiya qirgʻoqlari yaqinidagi NATO kuchlari “bosqinchi dushmanga qarshi mudofaa paytida favqulodda vaziyatlarda quruqlikdagi kuchlarni qoʻllab-quvvatlash qobiliyatini” mashq qila boshlagan. Agnetlik maʼlumotlariga koʻra, bu Rossiya hujumi ssenariysi. Manevrlar Moskva uchun signaldir.

“Umid qilamizki, bunday mashqlar dushmanni toʻxtatadi”, — deydi alyans harbiy-havo kuchlari qoʻmondoni, AQSH generali Jeyms Xekker.

Avvalroq, Germaniya armiyasi sentyabr oyida “Rossiya hujumi” ssenariysi asosida ommaviy harbiy mashgʻulotlar oʻtkazishi xabar qilingandi. Ularga NATO davlatlaridan ham askarlar jalb qilinishi, jami 800 000 nafarga yaqin harbiy “Rossiya hujumi”ga tayyorlanishi aytilgandi.

Oldinroq, Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari va Buyuk Britaniya oʻz fuqarolarga omon qolish uchun uch kunlik zaxiralarni tayyorlashni tavsiya qilgandi. Bunday tavsiyalar Rossiya sabotaj qilishi mumkin boʻlgan, goʻyoki ekspertlarning energiya infratuzilmasiga ehtimoliy hujumlar haqidagi xavotirlari sabab berilgan.

Xususan, Finlyandiya va Latviya fuqarolar uchun inqirozli vaziyatlarda qanday harakat qilish boʻyicha koʻrsatmalarni onlayn tarzda joylashtirdi, Estoniya esa tegishli uslubiy materiallarni yangilab, aholiga tarqatdi. Shvetsiya 2024-yil oxirida “Inqiroz yoki urush holatida” qoʻllanmasini qayta nashr etdi va tarqatdi. Unda havo hujumlari paytida boshpana topish va oziq-ovqat hamda suv zaxiralari boʻyicha maslahatlar mavjud. Polsha Mudofaa vazirligi joriy yilning oxirigacha har bir oilani tirik qolish uchun qoʻllanma bilan taʼminlash rejasini eʼlon qildi.

Bungacha “The Economist” nashri Yevropa davlatlari oʻz fuqarolarini Rossiya bilan ehtimoliy yadro urushiga tayyorlashni boshlagani haqida yozgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?