“Nasaf” Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga chiqdi

00:16 16 Mart 2022 Sport
3409 0

Foto: Stadion.Uz

Qarshining “Nasaf” klubi futbol boʻyicha Osiyo chempionlar ligasi (OCHL) saralashida Birlashgan Arab Amirliklarining «Bani Yas» jamoasini magʻlub etib, guruh bosqichiga yoʻl oldi.

Raqib maydonida kechgan oʻyinda qarshilik futbolchilar 0:2 hisobida gʻalaba qozondilar. Uchrashuvda gollarni Sherzod Nasrullayev va Husayn Norchayev raqib darvozasiga kiritdi.

Shu tariqa “Nasaf” OCHLning "E“ guruhidan joy oldi va keyingi bosqichga chiqish uchun «Al Sadd» (Qatar), «Al Faysali» (Saudiya Arabistoni) va «Al Vihdat» (Iordaniya) jamoalari qarshi bahs olib boradigan boʻldi.

OCHLning guruh bosqichi uchrashuvlari 7-27-aprel kunlari Saudiya Arabistonining Dammam shahrida boʻlib oʻtadi. Eʼtiborli jihati, “Nasaf” ushbu gʻalabasi bilan Jizzaxning “Soʻgʻdiyona” jamoasini OFK kubogiga ham olib chiqdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?