Narkojinoyatlar uchun javobgarlik ogʻirlashtiriladi
“Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–207-son, 03.11.2025-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, ushbu farmonga koʻra, narkojinoyatlar sodir etilishi va qayta sodir etilishining oldini olish maqsadida quyidagi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik 2 baravargacha ogʻirlashtiriladi, jumladan:
- giyohvandlik vositalarini oʻtkazish maqsadini koʻzlab koʻp miqdorda tayyorlash, qayta ishlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, shuningdek, ularni noqonuniy ravishda koʻp miqdorda har qanday usulda oʻtkazish;
- alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarning noqonuniy muomalasini koʻp miqdorda va takroran sodir etish;
- giyohvandlik vositalarini har qanday shaklda isteʼmol qilishga jalb etish odam oʻlimiga yoki boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlganda.
Shuningdek, voyaga yetmagan va yoshlarni narkojinoyatlardan himoya qilish maqsadida quyidagilar belgilandi:
- har qanday narkojinoyatni voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan yoki ularni jalb qilgan holda sodir etishni jinoiy javobgarlikni ogʻirlashtiruvchi holati sifatida qayd etish;
- taʼlim tashkilotlari, talabalar yotoqxonalari, bolalar oromgohlarida yoki taʼlim tashkilotlariga tutash hududlarda kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni oʻtkazganlik uchun jinoiy javobgarlikni 2 baravargacha ogʻirlashtirish.
Bundan tashqari, ayrim narkojinoyatlarni sodir etgan shaxslarni jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilmaslik tartibi joriy etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring