Naʼmatak plantatsiyalari kengaymoqda
Pop tumanida oziq-ovqat va farmatsevtika sanoati uchun muhim xomashyo hisoblangan naʼmatak mevasini yetishtirish keng yoʻlga qoʻyilgan. Suvsizlikka chidamli va koʻp mehnat talab qilmaydigan oʻsimlik asosan hududning kam suv hamda samaradorligi past boʻlgan, dehqonlar uchun uzoq muddatga ijaraga berilgan ming gektardan ortiq ekinzorlarda parvarishlanyapti.
— Oʻtgan mavsumda bir gektarlik naʼmatakzorimdan 100 million soʻmdan koʻproq daromad oldim, — deydi ijarachi bogʻbon Ikromjon Akbaraliyev. — Bu oʻsimlik koʻchatlari tabiiy ravishda koʻpayishi hisobiga joriy yil ushbu koʻrsatkich yanada ortishidan umidvorman.
Tumandagi eksportchi klaster tomonidan 206 gektar maydondagi plantatsiyalarda dorivor oʻsimlik parvarishi yoʻlga qoʻyilgan. Oʻtgan yili gektarlar samaradorligi 40 sentnerga yetkazilib, 850 tonna hosil yigʻib olindi. Uning katta qismi Rossiya, Qozogʻiston va Birlashgan Arab Amirligidagi hamkorlarga yuborildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring