Namanganda fuqaro ikki nafar IIO xodimini pichoqladi
Illyustrativ foto
Namangan viloyatida fuqaro ichki ishlar xodimlariga jarohat yetkazdi. Bu haqda tuman IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 29-iyul kuni soat 20:50 da Uchqoʻrgʻon tumani Fargʻona mahallasida sodir boʻlgan. Oʻsha kuni mazkur mahallada yashovchi fuqarolar murojaat qilib, K.Q. ismli shaxs aholi tinchligini buzayotgani va janjal qilayotganini xabar qilgan.
Hududga tungi xizmatga biriktirilgan 2 nafar profilaktika inspektori hodisa joyiga yetib borib, K.Q. tomonidan sodir etilayotgan bezorilik harakatlarini oldini olmoqchi boʻlgan.
Ammo fuqaro xodimlarning qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik koʻrsatgan. Qoʻlidagi xoʻjalik pichogʻi hamda yogʻoch boʻlagi bilan ularni urib jarohat yetkazgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Ayblanuvchi qamoqqa olindi, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring