Namanganga oʻtgan yili 15,1 ming nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

11:58 13 Yanvar 2022 Jamiyat
956 0

Foto: Халқ сўзи

Oʻziga xos meʼmoriy obidalari va bahavo tabiati bilan jozibador hududlarimizdan sanalgan Namangan viloyatining turizm salohiyati ortib borayotir. Oʻtgan yilning oʻzida bu yerga, global pandemiya hukm surayotganiga qaramay, xorijiy davlatlardan 15,1 mingdan ziyod sayyoh tashrif buyurgani buning isboti. Ichki sayyohlar soni esa 1 million 700 ming kishidan ortdi.

Ayni jarayonga hamohang ravishda viloyatda tizim infratuzilmasi ham mustahkamlanmoqda. Yil davomida 24 ta mehmonxona 6 ta xostel, 233 ta oilaviy mehmon uylari, 40 ta mikroavtobus va 2 ta gidrotsikl, 37 ta turoperatorlar, 274 ta madaniy meros obyektlarida 6 ta gid-tarjimonlar tomonidan mahalliy va xorijiy fuqorolarga sayyohlik xizmatlari tashkil qilindi.

Bu haqida Namangan viloyat turizm va sport boshqarmasida 2021-yil sarhisobi yuzasidan oʻtkazilgan matbuot anjumanida aytib oʻtildi. Tadbir ishtirokchilariga, shuningdek, sport sohasida amalga oshirilgan ishlar, viloyat vakillarining xalqaro va mamlakat chempionatlarida erishgan natijalari haqida ham batafsil maʼlumot berildi. Jurnalist va blogerlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Yakunda tizim faoliyati targʻibotida faollik koʻrsatgan OAV vakillariga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер