Namangandagi MCHJ binosida yirik yongʻin sodir boʻldi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahri hududida yirik yongʻin boʻlayotgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, bugun, 4-fevral kuni soat tungi 02:46 da Namangan shahar, “Shodlik” MFY, Toʻraqoʻrgʻon koʻchasida joylashgan MCHJ binosida yongʻin boʻlayotganligi toʻgʻrisida viloyat FVBga murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaatga asosan yongʻin qutqaruv ekipaji soat 02:52 da etib borib, soat 02:57 da yongʻin oʻrab olingan va soat 03:45 da toʻliq oʻchirilgan.
Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi taqdim qilgan maʼlumotga koʻra, ushbu yongʻin natijasida binoning shift tom qismidan 90 kv.m. maydoni yonib zararlangan. Yongʻin oqibatida kuyish, tan jarohati olish holatlari aniqlanmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring