Namanganda voleybol boʻyicha musobaqaga start berildi
Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Davlatimiz rahbarining “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash va aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan sport musobaqalari yil sayin ommaviy tus olib bormoqda. Bunda “Besh tashabbus olimpiadasi” dasturidagi bellashuvlarga alohida ahamiyat qaratilyapti.
Namangan viloyatida olimpiadaning joriy yilgi saralash bahslarida 788 mahalla fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qilayotgan 7-30 yosh oraligʻidagi yoshlarning 594 mingdan koʻprogʻi ishtirok etdi. Hozirgacha oʻtkazilgan musobaqalar natijasiga koʻra viloyat vakillari 22 ta turli darajadagi medallarni qoʻlga kiritdi.
Kecha Yangi Namangan tumanida joylashgan “Pahlavon“ sport majmuasida olimpiadaning qizlar oʻrtasidagi voleybol musobaqasi “A“ liga boʻyicha respublika bosqichi boshlandi. Uning tantanali ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov, Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik Shuhrat Aliyev, sport vaziri maslahatchisi Sharifjon Moʻminjonov, Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Dilnoza Kattaxanova, Milliy gvardiya boshqarmasi boshligʻi polkovnik Hamidulla Mamatov ishtirok etib, mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan sportchi ayol va qizlarga ushbu musobaqada omad tiladi.

— Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarining qizlar voleybol jamoalari qurʼa tashlash natijalariga koʻra bahsga kirishdi, — deydi Namangan viloyati sport boshqarmasi boshligʻi Anvarjon Toʻychiyev. — Bellashuvlar kuchli kurashlar ostida oʻtmoqda. Yakunda gʻoliblarni oʻziga xos taqdirlov kutmoqda. Faxrli uch oʻrinni egallagan jamoalarga zamonaviy universal sport maydonchalari qurib berib beriladi.
Respublika Ichki ishlar vaziri kubogi uchun oʻtkazilayotgan mazkur bellashuvlar 8-noyabr kuni nihoyasiga yetadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring