Namanganda terrorchilik guruhi faoliyatini qoʻllab-quvvatlagan yigit qoʻlga olindi

09:34 04 Oktyabr 2021 Jamiyat
1073 0

Namanganda 24 yoshli fuqaro xalqaro terrorchilik guruhi faoliyatini qoʻllab-quvvatlagani uchun qoʻlga olindi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi hamda Namangan viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tezkor-texnik tadbirlar davomida namanganlik fuqaro “Imom al-Buxoriy katibasi” nomli xalqaro terrorchilik guruhi faoliyatini qoʻllab-quvvatlovchi gʻoyalar qayd etilgan videomateriallarni oʻz sahifasiga joylashtirganligi aniqlandi.

Xabarda keltirilishicha, 24 yoshli yigit videomateriallarni www.odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmogʻiga joylashtirilgan. Hozirda yigit qoʻlga olingan hamda unga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, IIV Kiberxavfsizlik markazi ijtimoiy tarmoqlarda terrorchilik va ekstremistik tashkilotlarning targʻibotchilarining aldovlariga ishonmaslikni tavsiya qilgan. Diniy mazmundagi savollar yuzasidan “uz” domenidagi rasmiy veb-saytlardan foydalanishni yoki diniy sohada ilmli, malakali mutaxassislar, imom-hatiblar, islomshunos olimlarga murojaat qilishni aytgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?