Namanganda tarixiy masjidni buzgan qurilish rahbari qamoqqa olindi
Namangan shahridagi masjidning qadimiy ganchkor uslubdagi kirish darvozasi va minorasi toʻliq buzib tashlagan qurilish rahbari qamoqqa olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida XIX asrga oid “Sirli masjid” arxitektura yodgorligiga zarar yetkazgan qurilish korxonasi rahbari O.P.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 132-moddasi (Moddiy madaniy meros obyektlarini nobud qilish, buzish yoki ularga shikast yetkazish) 3-qismi va boshqa moddalari bilan ayblov eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Shundan soʻng, ayblanuvchi O.P. tomonidan yetkazilgan 554,4 mln. soʻm zarar uch karra miqdorda yaʼni 1 mlrd. 663 mln. soʻm qoplanganligi sababli qonunchilik talablariga asosan, unga nisbatan qoʻllanilgan ehtiyot chorasi garov ehtiyot chorasiga oʻzgartirilgan.
“Hozirda, mazkur jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan koʻrib chiqish uchun sudga yuborilib, belgilangan tartibda koʻrib chiqilmoqda”, deyiladi xabarda.
Prokuratura matbuot xizmatining eslatishicha, Jinoyat kodeksining 132-moddasi 4-qismiga asosan, tarixiy yodgorlikka yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qoʻllanilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring