Namanganda salkam 80 mln rublni chegaradan noqonuniy oʻtkazmoqchi boʻlgan erkak qamaldi

11:25 24 May 2024 Jamiyat
295 0

Foto: Videodan kadr

Qariyb 80 mln rublni Qirgʻizistonga noqonuniy oʻtkazmoqchi boʻlgan namanganlik erkakka hukm oʻqildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, 2023-yilning dekabrida Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati Ola-buqa tumani bilan chegaradosh boʻlgan Yangiqoʻrgʻon tumanidagi “oʻzbek-qirgʻiz” davlat chegarasida tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Unda Namangan shahrida yashovchi 34 yoshli fuqaro boshqaruvidagi Lacetti toʻxtatilib koʻzdan kechirilganida mashina salonida 3 dona polietilen qoplarga joylashtirilgan jami 79 mln 994 ming 900 Rossiya rubli borligi aniqlangan. Pullar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Aniqlanishicha, erkak valyuta qimmatliklarini chegaradan oʻtkazib berishi evaziga maʼlum miqdorda xizmat haqi olishi kerak boʻlgan va bunday noqonuniy harakatni muqaddam 4 marotaba amalga oshirgan.

Jinoyat ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tuman sudi tomonidan ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 25, 28, 182-moddasi (Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish) 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер