Namanganda poyezd yengil avtomobilni urib yuborishi oqibatida 6 kishi halok boʻldi
2025-yil 13-sentyabr kuni Chortoq va Uychi bekatlari oʻrtasidagi qoʻriqlanmagan temir yoʻl kesishmasida ogʻir yoʻl-transport hodisasi yuz berdi.
Maʼlum qilinishicha, Gentra rusumli yengil avtomobil haydovchisi yoʻl harakati qoidalarini buzib, yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan temir yoʻlni kesib oʻtishga uringan.
Avtomobil ichida jami olti kishi — besh nafar ayol va bir bola boʻlgan. Kuchli toʻqnashuv oqibatida mashinada boʻlganlarning barchasi halok boʻldi.
Poyezd mashinistlari shoshilinch tormozni qoʻllashga uringan, biroq toʻqnashuvning oldini olish imkonsiz boʻlgan. Poyezdga kichik texnik zarar yetgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring