Namanganda meva narxiga kelisholmay qolgan 3 yigit janjallashdi

10:16 15 Noyabr 2021 Jamiyat
841 0

Namanganda 14-noyabr kuni meva narxi boʻyicha kelisholmay qolgan 3 yigit janjallashib ketdi. Bu holat boʻyicha viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Xabarga koʻra, 14-noyabr kuni soat taxminan 08:00 atrofida Namangan shahridagi Sharq tongi mahallasi Alisher Navoiy koʻchasida shu shaharda yashovchi, “Chorsu” dehqon bozorida meva sotadigan fuqaro, avvaldan tanish va oʻzaro adovatda boʻlgan 3 yigit meva mahsulotlarining narxi yuzasidan oʻzaro kelisholmay, janjallashib, fuqarolar tinchini buzgan.

Ularning xatti-harakatida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik)da koʻrsatilgan alomatlar borligi tufayli tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, qoʻshimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?