Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Qahramoni Abduraim Hamidov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Butun hayoti va mehnat faoliyatini qishloq xoʻjaligi sohasi taraqqiyotiga bagʻishlagan taniqli fermer, Oʻzbekiston Qahramoni Abduraim Hamidov shu yil 10-dekabr kuni 82 yoshida vafot etdi.
A.Hamidov 1943-yil 20-oktyabrda Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumanida tugʻildi. Mehnat faoliyatini 1960-yilda tumandagi “Oʻzbekiston” jamoa xoʻjaligida mexanizatorlikdan boshladi. Keyinchalik shirkat xoʻjaligi pudratchisi sifatida mehnat qildi. 2007-yilda “Shahand humo qushi” fermer xoʻjaligini tashkil etib, koʻp yillar davomida fidoyilik bilan faoliyat yuritdi.
A.Hamidov qariyb 60-yillik ish faoliyati mobaynida oʻzini dehqonchilik ilmini chuqur biladigan haqiqiy mirishkor, zamonaviy agrotexnologiyalarni puxta egallagan, paxtachilikda oʻz maktabini yaratgan fidoyi fermer, mehnatsevar, samimiy va el-yurtiga sadoqatli inson sifatida namoyon etib, mamlakatimizda agrar sohada keng koʻlamli islohotlarni amalga oshirish, fermerlik harakati rivojini yangi bosqichga koʻtarishga munosib hissa qoʻshdi.
U Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi deputati sifatida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush darajasini yaxshilash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash ishlarida alohida faollik koʻrsatdi.
Abduraim Hamidovning uzoq yillik samarali mehnati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoni, “Mehnat shuhrati” ordeni va Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi bilan mukofotlangan edi.
Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasining taniqli namoyandasi, jonkuyar ustoz, samimiy va kamtarin inson Abduraim Hamidovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.
Sh.Mirziyoyev, T.Norboyeva, N.Ismoilov,
A.Aripov, S.Turdiyev, Sh.Abdurazzoqov
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring