Namanganda IT sohasi eksporti 20 million dollarga yetkaziladi
Qudratilla Najmiddinov/“Xalq soʻzi”. Bu joriy yil oxirigacha erishiladigan natija va unda jadal oʻsish surʼatlari inobatga olingan. Sohada umumiy xizmatlar hajmi 170 mlrd. soʻmdan ortadi. Viloyati hokim axborot texnologiyalari kompaniyalari vakillari bilan uchrashib, ishtirokchilarning murojaatlari, taklif va mulohazalariga yechim berdi.
— Biz yoshlarning fan sohasidagi bilim va koʻnikmalarini chuqurlashtirishda muhim omil sifatida xizmat qiluvchi videodarslar yaratyapmiz, — deydi “IT academy” MCHJ rahbari Jaloliddin Abduvaliyev. — Taʼlim muassasalari ustozlarining malakasini oshirishga qaratilgan tashabbuslarimizni qoʻllab-quvvatlashda yordam soʻradim. Tegishli soha mutasaddilari bilan shu yerning oʻzida hamkorlikni yoʻlga qoʻydik.

Maʼlumot uchun, joriy yil yakuniga qadar viloyatda IT-park rezidentlari sonini 80 taga yetkazish maqsad qilingan. Ular faoliyatida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va tashqi bozorga ham yoʻnaltirish masalasi ustuvor oʻrin tutadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring