Namanganda gigant oshqovoq pishib yetilyapti
Yangiliklarga toʻla zamonamizda odamlarni hayratga solish oson emas. Biroq, Uchqoʻrgʻon tumanining “Paxtachi” mahallasida yashovchi Ahrorbek Qoʻchqorovning tomorqasida yetishtirilgan oshqovoq hali pishmay turib 50 kilodan koʻproq tosh bosayotgani chindanam hayratomuz.
—Hajmining yirikligi bilan ajralib turadigan bu oshqovoqning urugʻini hamqishlogʻimiz Sherali Xayitov bultur Rossiyadan olib kelgandi, — deydi A. Qoʻchqorov. – Ishim koʻpligidan qarovini joyiga qoʻya olmadimmi tukkan mevasi 30 kiloga yetdi xolos, ekib koʻringchi, deya menga tavsiya qildi. Tomorqamizning bir chetiga qadalgan 10 ta urugʻning 8 tasi unib chiqdi. Ularni asosan otam parvarishlayaptilar.
Tajriba koʻrgan insonning dehqonchiligi boshqachada. 65 yoshli Azimjon ota koʻchatlarga butun mehrini berib qaradi. Natija hozirdanoq maʼlum. Ota-bolaning aytishiga qaraganda, oshqovoqlar toʻla pishib yetilsa, har birining vazni 80 kilogacha yetadi.
Qoʻchqorovlar ovozasi butun viloyatga tarqalgan oshqovoqpolvonning urugʻini olgandan soʻng qolgan et qismini qoʻni-qoʻshni, qarindosh-urugʻlarga ehson qilmoqchi. Kelgusi yildan esa Uchqoʻrgʻon tuprogʻini yoqtirib qolgan ushbu ekinni ommalashtirib, oilaviy biznesning asosiy turiga aylantirishni niyat qilishgan.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring