Namanganda Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi
Foto: Namangan viloyati hokimligi
Namanganda XI va XIV asrga oid noyob qilich, Baqtriya va Xitoy tangalari, Abu Nasr Forobiy qalamiga mansub nodir kitob topildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi Yangi Axsi majmuasidagi bebaho eksponatlar soni yana oʻn adadga ortgan. Mutaxassislar tomonidan XI asrga oidligi aytilayotgan qilich jangdan chiqqan holatda saqlangan. U qattiq poʻlatdan Axsikent temirchilari tomonidan yasalgan.
Ikkinchi aslaha esa XIV asrga oid boʻlib, uni Amir Temurning xos askarlari ishlatishgan. Baqtriya tangasi 475-600-yillarga oid. Xitoy tangasi esa XIX asrga oid boʻlib, uni tarixchi olim Sherali Qoʻldoshev batafsil tadqiq etgan.
«Tanganing oʻng tomonidagi 2 iyeroglif: Kashi / Kashi 喀什 — Qashqar. Chap tomonidagi 2 iyeroglif: san / san 参 — va jir / jin 金 – oltin, deb yozilgan. Tanganing tepa qismidagi 1 iyeroglif: guang / guang 光- yorugʻlik maʼnosini beradi Past qismidagi 1 iyeroglif: yuan / yuan 圓 yumaloq, yaʼni doira degan maʼnoni beradi. Tanganing oʻrtasidagi teshilgan joyidagi iyeroglifni oʻqish qiyin. Biroq, u shyuy 緒 iyeroglifini bildiryapti. Chunki Gaungshyuy / Guangxu 光緒 nomiga oʻxshayapti. U 1875 -1908-yillarda Xitoyni boshqargan», deydi Sherali Qoʻldoshev.
Uchta nodir kitob esa, ilm-maʼrifatga, falsafa va tarixga oid boʻlib, unda noyob ilm bitilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring