Namanganda “yersotar” mansabdorlar qoʻlga olindi
Namangan viloyatida fuqarolarga yer maydoni rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan Pop tumani oʻrmon xoʻjaligi masʼul shaxslari va kadastr mutaxassisi ushlandi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Pop ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligi direktori vazifasini bajaruvchi muqaddam sudlangan fuqaro I.K. fuqaro B.K.ga oʻrmon xoʻjaligi balansida boʻlgan 50 sotix yer maydonini 10 ming AQSH dollari evaziga shartnoma asosida ijaraga berishga kelishib, oldindan boʻnak sifatida 5 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushgan.

Shu kabi yana bir holat, Pop ixtisoslashtirilgan davlat oʻrmon xoʻjaligida ham sodir boʻlgan.
Unga koʻra, oʻrmonbegi vazifasida ishlovchi M.S. fuqaro S.J.ning ishonchiga kirib, tuman hokimligi zaxirasidagi 20 sotix yer maydonini 30 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, ushbu yer maydonida turar-joy va boshqa binolar qurishga tegishli hujjatlarini rasmiylashtirib berishini vaʼda qilib, oldindan boʻnak sifatida 15 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shundan soʻng tezkor tadbir davom ettirilib, oʻrmonbegi M.S. fuqarodan olgan 15 ming AQSH dollari hisobidan 500 AQSH dollarini kadastrlar palatasining Pop tumani filiali shoʻba mutaxassisi B.M.ga bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan tezkor tadbir xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, prokuraturaga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring