Namanganda Eron qizil moshi yetishtirish klasteri uchun 5 ming gektar yer ajratiladi

Namanganga kelgan Janubiy Koreyaning “Yeongin” kompaniyasi vakillari viloyat hokimligiga gʻalladan boʻshagan dala maydonlariga ikkinchi ekin sifatida Eron moshi ekish taklifi bilan chiqdi. Taqdim etilgan loyihada mazkur yoʻnalishda klaster tashkil etish vazifasi koʻzda tutilgan.
1 million AQSH dollari miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri chet el investitsiyasi hisobiga amalga oshirish rejalashtirilgan loyiha doirasida 5 ming gektar maydonda yiliga 15 ming tonna qizil mosh yetishtiriladi. Uni qayta ishlanib, xalqaro bozorda xaridori chaqqon boʻlgan mahsulot toʻlaligicha Janubiy Koreya, Xitoy va Yaponiya davlatlariga eksport qilinadi.
Viloyat hokimi X. Bozorov ikkinchi ekin sifatida boʻsh yer maydonlari soʻragan xorijiy investorga Uychi, Chortoq, Namangan va Uchqoʻrgʻon tumanlaridan yer ajratib berilishini bildirdi.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring