WSJ: Tramp Zelenskiyga “Tomahawk” raketalarini yaqin orada kutmaslikni aytdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Vashingtonda oʻtgan uchrashuvda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga “Tomahawk” turidagi uzoq masofali raketalarni yaqin vaqt ichida olishni kutmasligi kerakligini aytgan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Tramp Zelenskiyga uning asosiy ustuvor vazifasi urushni toʻxtatish ekanini ochiq aytgan. AQSH rahbari “hech qanday hududiy natijalar bilan qiziqmasligini” ham taʼkidlagan.
Bundan avval Axios nashri ham Tramp Oq uyda oʻtgan yopiq uchrashuvda Zelenskiyga hozircha “Tomahawk” raketalarini yetkazib berish rejalashtirilmayotganini bildirganini yozgan edi.
AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vensning soʻzlariga koʻra, Tramp Ukrainaga uzoq masofali qanotli “Tomahawk” raketalarini yetkazib berish masalasida hali yakuniy qaror chiqarmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring