Namanganda bogʻcha bolalari oʻrtasida velomarafon oʻtkazildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Qudratilla Najmiddinov/«Xalq soʻzi». Namangan shahrida 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni oldidan Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda maktabgacha yoshdagi bolajonlar oʻrtasida velomarafon oʻtkazildi.
«Kelajakka yashil qadam» shiori ostida tashkil etilgan mazkur bellashuvda Namangan shahridagi 28 ta DMTTning 6-7 yoshli 100 nafar tarbiyalanuvchilari ishtirok etdi. Velomarafon Davlatobod tumanidagi «Navbahor » stadionida uyushtirildi
– Ushbu velomarafon bolalar uchun haqiqiy bayramga aylandi, – deydi Namangan viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muzaffar Isayev. – Qoʻshiqlar, raqslar, tabriklar, professional velosportchilarning chiqishi hamda tinchlik va poklik ramzi sifatida osmonga sharlarning uchirilishi hamda jajji velosipedchilar bahsi bolalarga unutilmas zavq bagʻishladi.
Marafon soʻngida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori Agrippina Shin, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori Antti Karttunen, Sport vaziri oʻrinbosari Shahrillo Mahmudov, viloyat hokimi oʻrinbosari Botir Nuriddinovlar jajji ishtirokchilarni esdalik medallari hamda sovgʻalar bilan taqdirladi. Shuningdek, Namangan shahridagi 28 ta davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 500 dona velosiped topshirildi.
Ushbu tadbir atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil transport turidan foydalanish sohasida barqaror koʻnikmalarni rivojlantirish, shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalar oʻrtasida velosportni ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring