Namanganda 67 yoshli shaxsning tomorqasidan 90 tup koʻknori topildi

Foto: Namangan IIB
Namangan viloyatining Uchqoʻrgʻon tumanida 67 yoshli shaxs tomorqasida 90 tup koʻknori yetishtirayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 6-may kuni Uchqoʻrgʻon tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan “Qoradori-2025” tadbiri davomida Uchqoʻrgʻon tumani “Fargʻona” mahallasida yashovchi 67 yoshli fuqaro T.I. tomorqasida 90 tup koʻknori oʻsimligini parvarishlab kelayotgani aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Uchqoʻrgʻon tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi xonadonlardan birida yashovchi 60 yoshli shaxs 47 tup koʻknorini parvarishlab kelinayotgani aniqlangan edi.
Shuningdek, Dangʻara tumani IIO xodimlari tomonidan tuman hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “Qashqar” mahallasida yashovchi 49 yoshli ayol yashash xonadonida 118 tup agrotexnik ishlov berilgan koʻknori giyohvandlik oʻsimliklariga oʻxshash oʻsimlikni ekib, parvarishlab kelgani fosh etilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring