Namangan viloyatida 10 ta yangi ekoturizm manzili tashkil etiladi
Ekoturizm obyektlarini shakllantirish, ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasi tomonidan viloyatdagi ekologik landshaft hududlari oʻrganib chiqilib, 10 ga yaqin ekoturizm maskanlari uchun joylar tanlandi.
Jumladan, Sirdaryo daryosining Pop tumani Kenagas qishlogʻi hududidan oqib oʻtgan qismidagi tabiiy orolning 6 gektar yer maydoni, Qamchiq dovonidagi 0,5 gektarlik togʻlik hudud, daryoning Toʻraqoʻrgʻon tumani hududidan oqib oʻtgan qismidagi 2,48 gektar yer maydoni, Mingbuloq tumani “Alami” qishlogʻidagi 3 gektarlik qum barxanlari, Chust tumanidagi Rezaksoy suv omborining 10 gektarlik muhofaza hududlari, Yangiqoʻrgʻon tumanidagi Eskiyer suv omborining 3 gektarlik muhofaza zonasi, Nanay qishlogʻidagi Podshoota soyining 2 gektarlik muhofaza zonasi, Chortoq tumanidagi Chortoq suv omborining 5 gektarlik suv muhofaza zonasi, Norin daryosining Namangan tumani Kaykovus qishlogʻi hududidan oqib oʻtgan qismidagi 2,5 gektar suvni muhofaza zonalari oʻrganib chiqildi.
Oʻrganilgan yer maydonlari ekoturizmni rivojlantirish boʻyicha maqbul obyektlar boʻlishi bilan bir qatorda viloyat iqtisodiyotini yana-da yuksaltirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, aholi dam olishini tashkil etish va salomatligini tiklashda muhim omil boʻladi.
Ayni paytda mazkur hududlarda zamonaviy talablarga asoslangan ekoturizm manzillari tashkil etish hamda kerakli infratuzilmani shakllantirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring