Namangan – Sverdlovsk: turizm sohasida hamkorlik oʻrnatildi

2020-yil 14-avgust kuni Namangan viloyati turizmni rivojlantirish boshqarmasi hamda Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk viloyati turizmni rivojlantirish markazi oʻrtasida amaliy hamkorlik boʻyicha memorandum imzolandi.
Ayni hujjat 2019-yil noyabr oyida tuzilgan Namangan viloyati hokimligi va Sverdlovsk viloyati hukumati oʻrtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va boshqa sohalarda hamkorlik kelishuvi doirasida ishlab chiqilgan boʻlib, sayyohlik yoʻnalishi boʻyicha birgalikda amalga oshiriladigan keng koʻlamli ishlar majmuasini oʻz ichiga olgan.
Memorandum asosan, ikki viloyat oʻrtasida turizm sohasida axborot va tajriba almashinuvini yoʻlga qoʻyish, turizm sektoriga oʻzaro investitsiyalar jalb etish, turizm mahsulotlari targʻiboti va marketingini amalga oshirish hamda kadrlar tayyorlash masalalarida hamkorlik qilish vazifalarini koʻzda tutadi.
Ayni paytda amaliy harakatlarning dastlabki bosqichi sifatida memorandumda belgilangan maqsadlarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlikdagi “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilmoqda.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring