“Namangan square" da dastlabki koʻp qavatli uy foydalanishga topshirildi
Foto: Xalq so‘zi
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Namangan square" da koʻp qavatli turar joy majmuasi Birlashgan Arab Amirliklarining “MJ Developers” kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilmoqda. 18 gektar maydonda qurilish ishlari olib borilayotgan yirik loyihaga 50 million AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyani yoʻnaltirish koʻzda tutilgan. Hozirga qadar uning 9 million dollari oʻzlashtirilib, qurilishning birinchi bosqichi tadbirlari amalga oshirildi.

Loyihaga koʻra, 2024-yilda toʻla foydalanishga topshiriladigan “aqlli shaharcha”da oʻnlab tijorat va zamonaviy koʻp qavatli turar joylar majmuasi qad rostlaydi. Bundan tashqari hududdan bolalar bogʻchasi, boshlangʻich va oʻrta maktab, biznes markazi hamda mehmonxona binolari oʻrin oladi.
Aholi uchun munosib turmush yaratiladigan shaharchadagi qulay sharoit hozirdanoq fuqarolarni qiziqtirib, qurilayotgan uylarga shartnoma tuzayotgan xaridorlar soni ortib bormoqda. Yangi yil arafasida bu yerda dastlabki koʻp qavatli uy bitkazildi. Undagi 49 ta xonadon koʻchib kirish uchun tayyor holga keltirilgan. Kecha shaharchaning dastlabki yashovchilariga zamonaviy xonadonlar kaliti tantanali ravishda topshirildi.
Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring