Namangan kostyum shimlari Yevropa bozorida sotilmoqda

14:21 21 Yanvar 2026 Jamiyat
241 0

Azaldan hunarmandchilik, ayniqsa, chevarchilik sohasida boy tajribaga ega boʻlgan gullar shahri yengil sanoatchilari tomonidan tikilayotgan bejirim kiyimlar dunyo bozorida munosib oʻrin topib bormoqda. Ulardan biri – yaqin yigirma yildan buyon faoliyat koʻrsatib kelayotgan “Asror tekstil” korxonasi oʻzining “De Maretti” brendi ostidagi kostyum shimlarini Yevropa davlatlariga ham eksport qilayotir.

- Yakunlangan yilda 4,5 million dollar miqdorida tashqi savdo amallarini bajardik, -deydi bosh menejer Oybek Abdullayev. – Xorijiy xaridorlarimiz orasida MDH davlatlaridan tashqari Fransiya, polshalik hamkorlarimiz ham bor.

Bugungi kunda viloyat tikuvchilik korxonalari oʻrtasida peshqadamlik qilayotgan “Asror tekstil”da 400 dan ortiq mehnatchi ish olib bormoqda. Yaqinda faoliyatni yanada kengaytirishga xizmat qiladigan navbatdagi loyiha ijrosiga kirishildi. Unga koʻra, 10 milliard soʻmlik hajmda texnologik yangilanish hisobiga quvvatlar ikki barobar oshiriladi, ishlovchilar soni yana 200 kishiga koʻpayadi. Yirik tadbirkorlik subyekti navbatdagi harakatni joriy yil yakuniga qadar tugallashni rejalashtirgan.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?