Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 2886 kishiga yetdi

Foto: Reuters
Myanmada yuz bergan zilzila qurbonlari soni 2886, jarohatlanganlar soni 4639 kishiga yetgan. Yana 373 kishi bedarak yoʻqolgan. Bu haqda Xitoyning “Sinxua” axborot agentligi xabar tarqatdi.
Shu yilning 28-mart kuni Myanmada kuchli zilzila sodir boʻlgandi. Maʼlumotlarga koʻra, yer silkinishlarining magnitudasi 7,7 va 6,4 ballga yetgan. Oqibatda mamlakatda uy-joylar, yoʻllar va boshqa infratuzilma obyektlari vayron boʻlgan. Zilzila kuchi qoʻshni davlatlar — Bangladesh, Hindiston, Tailand, Laos va Xitoyda ham sezilgan.
Gumanitar va inson huquqlari tashkilotlari qurbonlar soni 3000 nafardan oshishini taxmin qilmoqda.
Tailand poytaxti Bangkokda zilzila natijasida qurilishi tugallanmagan osmonoʻpar bino qulab tushgan. Oqibatda 76 nafar ishchi bedarak yoʻqolgan. Oʻn yetti kishi halok boʻlgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Myanma va boshqa jabrlangan hududlarga yordam koʻrsatish uchun 5 million dollar ajratdi. Bir qator mamlakatlar oʻz qutqaruvchilarini ushbu mamlakatga yubordi.
Qutqaruvchilar vayronalar ostidan odamlarni olib chiqishda davom etmoqda. Bir kun avval, zilziladan 91 soat oʻtib, vayronalar ostida qolib ketgan keksa ayol qutqarib olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring