Myanma va Tailanddagi zilzila qurbonlari soni qariyb 1 ming 700 nafarga yetdi

28-mart, juma kuni Myanma markazida 7,7 magnitudali kuchli zilzila sodir boʻlgan edi. Mazkur zilzila oqibatida halok boʻlganlar soni qariyb 1 ming 700 nafarga yetdi. Bu haqida “AP News” nashri xabar berdi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dahshatli zilzila qurbonlari soni 1644 nafarni tashkil etmoqda. Yaralanganlar soni esa deyarli ikki barobarga koʻpayib, 3408 nafarga yetgan. Yuzlab insonlar bedarak yoʻqolgan.
Mahalliy hukumatning taʼkidlashicha, qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganligi sababli zilzila oqibatida halok boʻlganlar, yaralanganlar hamda bedarak yoʻqolganlar soni yanada ortishi mumkin.
Shuningdek, 29-mart, shanba kuni Myanmaning hukmron armiyaga qarshi xalq kurashini muvofiqlashtiruvchi Milliy birlik hukumati tomonidan zilzila oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha saʼy-harakatlarni yengillashtirish uchun bir tomonlama sulh eʼlon qilingan.
Zilzila sodir boʻlgan Tailand hududida ham qurbonlar soni ortib bormoqda. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, zilzila qurboni boʻlgan tailandliklar soni 17 kishiga yetgan.
Mamlakatning shimol qismidagi koʻplab binolar vayron boʻlgan boʻlsada, halok boʻlganlar faqat Bangkok hududida qayd etilgan. Rasmiylarning maʼlum qilishicha, hozirda Tailand boʻylab 83 kishi bedarak yoʻqolgan.
Maʼlumot oʻrnida, Myanma va Tailanddagi zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun AQSH, Yevropa Ittifoqi va uning ittifoqchilari, jumladan, Xitoy, Rossiya, Hindiston gumanitar yordam guruhi yuborishini maʼlum qilgan. Xitoydan 100 million yuanlik gumanitar yordam ajratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Samarqand shahri "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" sammitiga tayyor
- Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
- O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari Ramazon hayiti munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Samarqandda “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti oʻz ishini boshladi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Yangiliklar taqvimi
« | Aprel 2025 | » | ||||
---|---|---|---|---|---|---|
Du | Se | Cho | Pa | Ju | Sha | Ya |
31 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 |
7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 |
14 | 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 |
21 | 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 |
28 | 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 |
5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 |
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring