“Multiplikatsion filmlar studiyasi”ga yangi direktor tayinlandi

20:25 04 Iyun 2020 Madaniyat
1645 0

Bugun «Oʻzbekkino” milliy agentligi bosh direktori F.Abduxalikov rahbarligida “Multiplikatsion filmlarni ishlab chiqarishda yuzaga kelayotgan muammolar va ularni hal etish istiqbollari” toʻgʻrisida kengaytirilgan yigʻilish oʻtkazildi.

Unda 2020-yilda 30 ta, 2022-yilda esa davlat buyurtmasiga asosan har yili 50 tadan multiplikatsion film yaratish, 2021-yilda oʻzbek multiplikatsiya sanʼati tashkil topganiga 55 yil munosabati bilan sohani tubdan isloh qilish lozimligi taʼkidlandi.

Maʼlumki, keng jamoatchilik tomonidan «Multiplakatsion filmlar studiyasi» davlat unitar korxonasida tayyorlangan multfilmlarga nisbatan keskin eʼtirozlar bildirilyapti. 
Qayd etilishicha, 2019-yilda 12 ta multfilm yaratish uchun Agentlik tomonidan 4,5 milliard soʻm miqdoridagi byudjet mablagʻi ajratilgan. Shundan 76,24 foizi (3 milliard 400 million soʻm) 9 ta multfilm ishlab chiqargan davlat multimedia studiyasiga berilgan. Qolgan 23,76 foizi (1 milliard 59 million soʻm) mablagʻ 3 ta multfilm yaratgan xususiy ishlab chiqaruvchilarga ajratilgan. 
Sanʼatshunos olim Nigora Haydarova, rejissyor Aziz Muhammedov, rassom Hamidulla Maxmudxoʻjayevlar tomonidan zamonaviy fikrlovchi, intellektual salohiyatga ega kadrlar yetishmasiligi, bolalar xarakterini hisobga olgan holda multfilmlar yaratilmayotgani, zamonaviy texnologiyalar taqchilligi natijasida toʻliq metrajli va koʻp qismli multfilmlar yaratilmayotgani a

Ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, qolaversa multiplikatsiya sohasini zamonaviy talablar asosida dunyo miqyosiga olib chiqish esa davr talabidir.
Bu borada davlat rahbarining tegishli Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasida kinematografiya sohasini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasini ishlab chiqish va ijrosini taʼminlash muhimdir. 
Bu borada Nozim Toʻlaxoʻjayev, Dmitriy Vlasov, Gayane Matevosyan kabi multiplikator va ijodkorlar oʻz mulohazalari, takliflarini bildirdilar. Jumladan, «Multiplakatsion filmlar studiyasi» davlat unitar korxonasi tuzilmasini qayta koʻrib chiqish, multiplikatsion filmlarni yana-da rivojlantirish uchun moddiy-texnik bazani mustahkamlash va xodimlarni bilim va tajribasini oshirish takliflari bildirildi.

Shuningdek, yigʻilishda tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Yigʻilish ishtirokchilari bir ovozdan prodyuser, multiplikator, Animatsiya studiyalari assotsiatsiyasi rahbari, “FUTURIST” studiyasi asoschisi Salamov Bexzat Baxodirovichni “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK direktori lavozimiga maʼqulladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер