Muloqot majlisi sessiyasida xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish choralari koʻrib chiqildi
Foto: Akmal Muhammadev/“Xalq soʻzi”
Toshkent shahrida davom etayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollari muloqoti majlisi doirasida “Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka qarshi kurashish va huquqiy himoya” mavzusida beshinchi sessiya oʻtkazildi.
Sessiyada Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston parlamentlari, jamoat tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda fuqarolik jamiyati faollari ishtirok etdi.
Turkmaniston Mejlisining Fan, taʼlim, madaniyat va yoshlar siyosati qoʻmitasi raisi B. Miradova sessiyada moderatorlik qildi.
Ishtirokchilar xotin-qizlarni zoʻravonlikdan himoya qilish, qonunchilik va himoya tizimini mustahkamlash, yuridik va psixologik yordam koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirish, gender stereotiplarga qarshi chora-tadbirlar koʻrish, davlat va fuqarolik jamiyati hamkorligini rivojlantirish kabi masalalarni muhokama qildi.
Shuningdek, oilada zoʻravonlikning oldini olishga qaratilgan qonunlar, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari va krizis uylarining ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Sessiya yakunida ishtirokchilar ayollarning xavfsizligini taʼminlash, ularning huquq va salohiyatini toʻliq roʻyobga chiqarish hamda mintaqa davlatlari oʻrtasida tizimli hamkorlikni yanada mustahkamlash ahamiyatini qayd etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring