Muhofaza etiladigan 3 ta tabiiy hudud maydoni kengaytirildi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamentiga qarashli “Nurota” va “Surxon” davlat qo‘riqxonalari hamda “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida kengaytirildi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, "Nurota" davlat qo‘riqxonasi hududi Forish tumanidagi zaxira yerlardan 1173,1 gektar, Forish davlat o‘rmon xo‘jaligining 270 gektar, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Pangat hududidagi 1657,41 gektar va Payariq tumanining Xalqobod hududidagi 1165,46 gektar yer maydonlari hisobidan 4265,97 gektarga kengaytirilib, umumiy yer maydoni 22 017,97 gektarga yetkazildi.
Shuningdek, "Zarafshon" milliy tabiat bog‘i hududi Bulung‘ur tumanidagi zaxira yerlardan 275,58 gektar va Jomboy davlat o‘rmon xo‘jaligining 42,34 gektar, Urgut ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligining 278,78 gektar, Toyloq tumanidagi Darg‘om davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasining 262,1 gektar, Toyloq tumanidagi zaxira yerlardan 1808,79 gektar va Jomboy tumanidagi zaxira yerlardan 140,02 gektar yer maydonlari hisobidan 2 807,61 gektarga kengaytirilib, umumiy yer maydoni 5 234,01 gektarga yetkazildi.
Bundan tashqari, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi Qiziriq davlat o‘rmon xo‘jaligining 249 gektar yer maydonlari hisobidan "Surxon" davlat qo‘riqxonasi hududi kengaytirilib, umumiy yer maydoni 24 051 gektarga yetkazildi.
Bundan tashqari, "Nurota" va Surxon davlat qo‘riqxonalarining asosiy maydoniga tutash 17 145,2 gektar va 16 446 gektar yer maydonlari qo‘riqlanma zonalar etib belgilandi.
Mazkur qaror muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish orqali mavjud noyob turdagi o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda ekologik tizimni yaxshilash va bioxilmaxillikni saqlash maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yer maydoni respublika umumiy maydonining 14,2 foizdan ortiqrog‘ini tashkil etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring