“Muhandislik oyligi” ixtirochilarga qanot bagʻishlamoqda

Temur ESHBOYEV/“Xalq soʻzi”. Texnologiya va sanoatni rivojlantirish maqsadida aprel oyi mamlakatimizda “Muhandislik oyligi” deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan respublikamizdagi oliy taʼlim muassasalari hamda ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida seminarlar, innovatsion ishlanmalar koʻrgazmalari va turli tanlovlar oʻtkazilmoqda.
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida oʻtkazilgan bir qator tadbirlarni shular sirasiga kiritish mumkin.
— Universitetimizda oylik munosabati bilan ixtirochi va olimlar oʻrtasida “Eng yaxshi gʻoya”, “Eng yaxshi loyiha”, “Eng yaxshi ixtiro”, talabalar oʻrtasida esa “Sanoatda sunʼiy intellekt”, “Robofest” tanlovlari oʻtkazilmoqda, — deydi NDKTUning ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Toʻlqin Nurmurodov. — Mazkur oylik muhandis kadrlar tayyorlashdek davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga shiddat berishi bilan birga, sanoat korxonalari va universitetimiz oʻrtasidagi ilmiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi. Bugungi kunda oʻnlab ixtiro va ishlanmalarimizga respublikamizning sanoat korxonalari, xorijiy kompaniyalardan tomonidan qiziqish bildirilayotgani, xususan, suvni chuchuklashtirishdagi innovatsion ixtiromizga Saudiya Arabistonidan takliflar olayotganimiz bunga yorqin misol.
Mukofot jamgʻarmasi 100 million soʻm boʻlgan “Muhandislik oyligi” doirasidagi tanlovlarda universitetning magistratura bosqichi talabalari kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha oʻz dasturlari bilan ishtirok etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring