Muhammadkarim Xurramov Termizda oʻtgan kurash musobaqasi bosh sovrini — avtomobilni qoʻlga kiritdi
Foto: “Xalq soʻzi”
Farhod Esonov/«Xalq soʻzi». Surxondaryo viloyati hokimligi 21-mart — Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan Termiz shahrida katta kurash musobaqasini oʻtkazdi. Murosasiz bellashuvlarda mamlakatimizning barcha hududlaridan, shuningdek, qoʻshni respublikalardan ham nomdor polvonlar qatnashdi.
Musobaqaning bosh sovrini — «Damas» avtomobili bellashuvda mutlaq gʻolib boʻlgan sherobodlik Muhammadkarim Xurramovga nasib etdi. Ikkinchi oʻrinni egallagan jarqoʻrgʻonlik polvon Shermuhammad Jangriyevga tuya, uchinchi oʻrin sohiblari shoʻrchilik Bekmurod Oltiboyev hamda oltinsoylik Jahongir Mamatraimovga ot sovrinlari nasib etdi.
Gʻoliblarga sovrinlarni viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov tantanali tarzda topshirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring