Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarovga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Foto: Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari Jaloliddin Hamroqulov oʻz arizasiga koʻra vazifasidan ozod etildi.
Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 8-may kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazarov raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Unda masjidlar holatini yaxshilash, moʻmin-musulmonlar ehtiyojlarini taʼminlash va imom-domlalar faoliyatini rivojlantirishga doir masalalar koʻrib chiqilib, bir qator topshiriqlar berilgan.
Shuningdek, yigʻilishda tashkiliy masala ham koʻrilib, unda oʻz arizasiga koʻra vazifasidan ozod etilgan Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosari Jaloliddin Hamroqulov oʻrniga Samarqand viloyati bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov shu lavozimga tayinlangan.
Maʼlumot uchun, Zayniddin Eshonqulov 1976-yilda tugʻilgan. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Shuningdek, Misr Arab Respublikasidagi «Al-Azhar» universiteti malaka oshirish kursini oʻtagan.
U mehnat faoliyati davomida Toshkent shahridagi «Hofiz Koʻhakiy», «Imom Buxoriy» jome masjidlarida imom-xatib va Oʻzbekiston musulmonlari idorasida turli vazifalarda xizmat qilgan. 2014-yildan buyon esa Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi va Payariq tumani «Imom Buxoriy» masjidi imom-xatibi vazifalarida mehnat qilayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring