Muborakda xitoylik investorlar qishloq xoʻjaligi sohasida 2 ta loyihani amalga oshirmoqchi
Foto: Xalq so‘zi
Xitoylik ishbilarmonlar tomonidan taʼsis etilgan “QI Hang Mubarak” masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona Muborak tumanida qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan ikkita loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Birinchi loyiha doirasida tumanning Sariq mahallasi hududida 50 gektarlik yirik issiqxona kompleksi quriladi va uning umumiy qiymati 11 million AQSH dollarini tashkil etadi. Dastlabki prognozlarga koʻra, bu yerda yiliga 7,5 million dollarlik qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilib, xorijga eksport qilinishi koʻzda tutilgan. Ushbu faoliyat ortidan esa hududdagi 300 nafar kishining doimiy bandligi taʼminlanadi.

— “QI Hang Mubarak” xorijiy korxonasi taʼsischilari qiziqish bildirayotgan ikkinchi loyiha esa yuz gektar maydonda kungaboqar yetishtirishdan iborat, — deydi Muborak tuman investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi Aziz Imomov. — Bu loyihaning umumiy qiymati 1,5 million AQSH dollarini tashkil etib, uning natijasida 20 ta ish oʻrni yaratiladi.
Tashabbuskor birinchi loyihani joriy yilning uchinchi choragida, ikkinchisini esa yil soʻngiga qadar ishga tushirishni moʻljallamoqda.
Jahongir BOYMURODOV.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring