MSK jurnalistlarni “galstuksiz uchrashuv” shaklida boʻlib oʻtadigan press-kofega taklif etmoqda

17:54 06 Avgust 2021 Siyosat
979 0

Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati maʼlum qildi.

«24-oktyabr – Prezident saylovi kuni.

Bu jarayonni yoritishda tezkor, ishonchli va shaffof maʼlumot beradigan soha vakillari, shubhasiz, bu – jurnalistlar.

Buning uchun qalam sohiblari bilan Markaziy saylov komissiyasi oʻrtasida yana-da izchil hamkorlik, samimiy va doʻstona muhit oʻrnatilishi muhimdir.

Shu munosabat bilan Markaziy saylov komissiyasi hamda MSK Matbuot markazi barcha jurnalistlar, blogerlarni oʻzaro hamkorlikka chorlaydi.

Biz sizlar bilan yaqindan tanishmoqchi, oʻrtadagi “koʻrinmas parda”larni olib, hamisha doʻstona va samimiy muhitni yaratmoqchimiz. Shu maqsadda 7-avgust kuni soat 11.15 da Simpoziumlar saroyida “galstuksiz uchrashuv” shaklida boʻlib oʻtadigan press-kofega barchangizni taklif qilamiz.

Hurmatli OAV vakillari, Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati hamda aʼzolari qatnashadigan ushbu uchrashuvda oʻzingizni qiziqtirgan barcha savolga javob olishingiz va “Saylov – 2021” jurnalistlar puliga qoʻshilishingiz mumkin boʻladi.

Sizlarni kutamiz, albatta kelinglar» deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер