Moskvalik 62 yoshli pensioner Rossiya armiyasi haqidagi “feyk” uchun yetti yilga qamaldi
Foto: Михаил Симонов. Фото SOTA/Twitter
Moskvalik 62 yoshli pensioner Mixail Simonov yetti yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Moskvaning Timiryazevskiy sudi qaror qabul qilgan. Erkak “VKontakte” ijtimoiy tarmogʻida Kiyev va Mariupol shaharlarini bombardimon qilgani haqidagi izohlari tufayli Rossiya armiyasi haqida “feyk” tarqatishda aybdor, deb topildi.
Mahkama chogʻida ayblov tomonidan “beshinchi kolonnaning harakatlari ayniqsa xavfli” ekanini va Simonovning soʻzlari rus harbiylari uchun “orqadan pichoq urish” ekani taʼkidlandi .
Prokurorning aytishicha, pensionerning soʻzlaridan kelib chiqadigan zararni “baholab boʻlmaydi”.
Simonovning advokati sudda erkakning sahifasining ijtimoiy tarmoqda bor-yoʻgʻi ikki nafar obunachisi boʻlganini va bu postlar yozda oʻchirib tashlanganini bildirgan.
Pensionerning aytishicha, “Euronews” maqolasini koʻrganini va odamlarning oʻlayotganidan afsusda boʻlganligi sababli, unda aytilganlarni oʻz sahifasida “havola” sifatida takrorlagan.
“Bu qanday havola edi? Impuls shundaki, odamlar oʻlmoqda. Men har doim inson hayoti ustuvor ahamiyatga ega boʻlishi kerak boʻlgan soʻzsiz qadriyat ekanligiga ishonganman va hozir ham ishonaman, garchi bizda ular bunday deb oʻylamaydilar. Men ham shunday tarbiyalanganman”, degan pensioner.
Simonov 9-noyabr kuni Moskvada qoʻlga olingan. Soʻnggi yillarda u Belarusda yashagan. Manbada keltirilishicha, u yaxshi eshitmaydi va gapirishda ham qiynaladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring