Moskvadagi reydlar: 500 dan ortiq migrant qoʻlga olindi
Rossiya poytaxti Moskvada noqonuniy migrantlarni aniqlash boʻyicha yirik reyd tadbiri oʻtkazildi. Bu haqda Rossiya Tergov qoʻmitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, reydlar davomida shahardagi xostellar va ibodatxonalar asosiy tekshiruv nuqtalari boʻlgan. Natijada, 500 dan ortiq muhojir qoʻlga olinib, hujjatlarini tekshirish uchun olib ketilgan.
Bunda Rossiyaga kirish va mamlakatda boʻlish qoidalarini buzgan 30 dan ortiq kishi maʼmuriy javobgarlikka tortilgan va chiqarib yuborilgan, shuningdek, federal qidiruvda boʻlgan bir nafar migrant qoʻlga olingan.
Tergov qoʻmitasi reydlar aynan qachon oʻtkazilgani va qaysi davlatlar fuqarolari Rossiyadan chiqarib yuborilganiga aniqlik kiritmagan. Qoʻmita noqonuniy migratsiyani tashkil etish uchun belgilangan javobgarlikni ham eslatib oʻtgan. Davlatda shu kabi jinoyatlar uchun 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi koʻzda tutilgan.
Taʼkidlash joiz, 2024-yil 22-mart kuni “Crocus City Hall” konsert zalida sodir etilgan teraktdan soʻng migrantlarga boʻlgan munosabat oʻzgardi va tekshiruvlar keskin kuchaytirildi. Shundan soʻng bozorlar, masjidlar, hammomlar va kafelarda muhojirlarga qarshi reydlar oʻtkazildi.
Avvalroq Moskvada telefoni uch kundan koʻproq vaqtga oʻchib qolgan migrantlar roʻyxatdan chiqarib yuborilishi haqida xabar qilgandik. Bu tizim 2025-yilning 1-sentyabrdan boshlab ishga tushadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring