Moskvadagi hostelda yuz bergan yongʻinda Oʻzbekiston fuqarolari halok boʻldi
Joriy yilning 23-may kuniga oʻtar kechasi Rossiyaning Moskva viloyati Istra shahridagi hostelda yuz bergan yongʻin oqibatida 8 kishi halok boʻldi. “Dunyo” nashrining xabar berishicha, qurbonlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari ham bor.
Oʻzbekistonning Moskvadagi elchixonasi Konsullik boʻlimi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, yonib ketgan binoda 20 ga yaqin xorijliklar yashagan, ulardan 11 nafari oʻzbekistonlik boʻlgan.
Yongʻin oqibatida 8 kishi halok boʻlgan, hozirda qurbonlarning jasadi ularning shaxsini aniqlash uchun Istra shahar sud-tibbiyot ekspertizasi byurosida saqlanmoqda.
Mazkur fakt asosida tergov organi tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Ehtiyotsizlik oqibatida odam oʻlimiga sabab boʻlish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Vaziyat elchixonaning konsullik boʻlimi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskvadagi vakolatxonasi nazoratida ekani aytiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring