Moskvada turli millat vakillari ishtirokida ommaviy mushtlashuv haqida xabarlar tarqaldi. Migratsiya agentligi Rossiyadagi Oʻzbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Moskva shahrida turli millat vakillari ishtirokida etnik ommaviy mushtlashuv yuz bergani haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat boʻyicha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi.
Agentlik ushbu davlatda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolaridan bunday ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etmaslikni, muammoli yoki nizoli vaziyatlarda vakolatli organlar hamda mamlakatimizning ushbu davlatdagi diplomatik idoralariga murojaat qilishni, Rossiya qonunlariga rioya etishni soʻraydi.
Eslatib oʻtamiz, ommaviy mushtlashuvlarda ishtirok etish chet el fuqarolari uchun Rossiya qonunlariga muvofiq javobgarlikka tortilish yoki davlatdan majburiy chiqarib yuborishga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ushbu mushtlashuvda oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining ishtirokini oʻrganib, zarur holatda yurtdoshlarimiz huquqlarini himoya qilish boʻyicha oʻz vakolati doirasida barcha choralarni koʻradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Ostonadagi kinoteatrda yirik yongʻin yuz berdi (+video)
- Inson hayotidagi bosqichli davrlar. Qarish jarayoni bir tekis kechmasligi maʼlum boʻldi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring