Moskva shahrida “Qarshi Savdo uyi” ish boshladi
Joriy yilning 26 iyul kuni Moskva shahrining “4 sezona” bozorida “Qarshi Savdo uyi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qarshi shahar hokimligi delegatsiyasi a’zolarining Moskva shahri va Samara viloyati, Tolyatti shaharlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini o‘rnatish maqsadida joriy yil aprel oyida Rossiyaga safari davomida Rossiya Federatsiyasining Tolyatti shahar okrugida faoliyat yuritayotgan transfarmator ishlab chiqaruvchi OOO “Tolyattinskiy Transformator” va qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi OOO “SlaSti” korxonalari bilan hamkorlikda Qarshi shahrida qo‘shma korxonalar tashkil etish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishilgan edi.
Ushbu kelishuv asosida savdo-iqtisodiy aloqalarni amalda yo‘lga qo‘yish va davomiyligini ta’minlash maqsadida Tolyatti shahar okrugi hokimligi delegatsiya a’zolari Qarshi shahriga tashrif buyurdi. Amalga oshirilgan xizmat safarlari natijasida mazkur korxonalar bilan hamkorlikda Moskva shahrining “4 sezona” bozorida “Qarshi Savdo uyi” ochildi. Shuningdek, o‘zaro delegatsiyalar almashinuvi natijasida Qarshi shahrida 3 ta qo‘shma korxona tashkil etildi.
Xususan, Moskva shahridagi OOO “Agrovostok” va Qarshi shahridagi “Shurtan agro trans” MCHJ bilan hamkorlikda 100 ming AQSH dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya hisobiga qishloq xo‘jaligi texnikalarini olib kelib sotish va ijaraga berish bo‘yicha MCHJ shaklidagi “Virgo trans” qo‘shma korxonasi, Moskva shahri OOO “Fasadservis” va Qarshi shahrining “Bulut-S” MCHJ bilan hamkorlikda 150 ming dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya hisobiga qurilish ishlari va boshqa ko‘p tarmoqli ishlar bajarish bo‘yicha “Bulut-S” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxona hamda Moskva shahridagi OOO “Viktor” va Qarshi shahrining “Bulut-S” MCHJ bilan hamkorlikda 150 ming dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya hisobiga qurilish, savdo, xizmat ko‘rsatish ishlari va boshqa ko‘p tarmoqli ishlar bajarish bo‘yicha ”Bulut-S” MCHJ shaklidagi jami umumiy qiymati 400 ming dollarlik qo‘shma korxonalar tashkil etildi.
Ahad MUHAMMADIYEV,
“Xalq so‘zi” muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring