Moʻynoqdagi yana bir quduqdan tabiiy gaz oqimi olindi (+video)
Videodan kadr
Ustyurtdagi “Moʻynoq” konida muhim geologik natijaga erishildi, deb xabar bermoqda “Oʻzbekneftgaz” Aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 25-dekabr kuni 3-sonli izlov qudugʻidan sanoat miqyosidagi tabiiy gaz oqimi olingan. Quduqda burgʻilash ishlari joriy yilning 8-sentyabr kuni “Oʻzneftgaz burgʻilash ishlari” tomonidan boshlangan boʻlib, quyi yura qatlamlari 4 940 metr chuqurlikkacha burgʻilangan.
Bildirilishicha, endi 3 sutka davomida quduq mahsuldor qatlamining tabiiy xususiyatlari oʻrganiladi. Ushbu tadqiqotlar natijasida quduqning sutkalik debiti, qatlam bosimi va boshqa muhim parametrlari aniqlanadi.
Ayni paytda Moʻynoq maydonida yana ikkita quduqda burgʻilash va sinash ishlari jadal davom etmoqda. Tez kunlarda ushbu quduqlardan ham natijalar olinishi kutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 2025-yil 26-iyul kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani “Uchsoy” OFY hududida joylashgan “Muynoq” konida olib borilayotgan burgʻilash ishlari davomida 5000 metr chuqurlikka moʻljallangan 1-sonli quduqda 4707 metr chuqurlikdan gaz chiqishi kuzatilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring