Modi Moskvada, Orban Xitoyda va Fransiyada saylov (+video)

22:07 08 Iyul 2024 Dunyo
311 0

NATO Rossiyadan himoyalanish uchun 50 tagacha brigada yaratishni taklif qiladi

NATO yetakchilaridan Rossiyadan himoyalanish uchun 50 tagacha yangi brigadalar tuzish soʻralgan. Bu haqda “Reuters” oʻz manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Agentlikning tushuntirishicha, NATO yetakchilari alyansning Vashingtonda boʻlib oʻtadigan sammitida blokning rejalari haqida yangilangan maʼlumotlarni olishadi.

“Rossiya hujumidan himoyalanish boʻyicha yangi rejalarni toʻliq amalga oshirish uchun NATOga 35 dan 50 tagacha qoʻshimcha brigada kerak boʻladi”, deyiladi agentlik xabarida.

Bundan tashqari, agentlik suhbatdoshining aytishicha, Germaniya alyansning yangi mudofaa rejalari doirasida havo hujumidan mudofaa imkoniyatlarini toʻrt barobar oshirishi kerak boʻladi.

NATO rasmiysining agentlikka aytishicha, harbiy strateglar “ittifoqni himoya qilish uchun zarur boʻlgan qoʻshinlar va qurollarga boʻlgan batafsil talablarni” aniqlagan.

“Havo va raketaga qarshi mudofaa, uzoq masofaga uchuvchi qurollar, logistika va qoʻshinlarni tashishga qodir yirik quruqlikdagi kuchlar bizning ustuvor vazifalarimizdandir”, deya qoʻshimcha qildi alyans vakili.

Uning qoʻshimcha qilishicha, NATO aʼzolari uchun mudofaa salohiyatini oshirish maqsadlarini belgilashi mumkin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida avvalroq Moskva NATO mamlakatlariga hujum qilmoqchi emasligini, bu mantiqqa toʻgʻri kelmasligini batafsil tushuntirgan edi. Rossiya rahbarining taʼkidlashicha, Gʻarb siyosatchilari eʼtiborni ichki muammolardan chalgʻitish uchun oʻz aholisini xayoliy Rossiya tahdidi bilan muntazam ravishda qoʻrqitishadi, biroq “aqlli odamlar bu soxta ekanligini juda yaxshi tushunishadi”.

“Ukrainadagi urush Rossiya, Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronning qanchalik yaqin ekanini koʻrsatmoqda. Xitoy Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida muhim qoʻshnisi hisoblanadi. Putin va Si Jinpin NATO va AQSH Ukrainada yutqazishini istaydi. Va agar Putin Ukrainada gʻalaba qozonsa, bu nafaqat uni, balki Si Jinpinni ham ilhomlantiradi. Yaponiya bosh vaziri aytganidek, bugun Ukrainada sodir boʻlayotgan voqea ertaga Osiyoda ham boʻlishi mumkin”, — deya aytib oʻtdi Yens Stoltenberg.

Fransiyada saylov

Fransiyada 7-iyul kuni ikkinchi tur parlament saylovlaridan keyin “Yangi xalq fronti” soʻl kuchlar alyansi gʻalaba qozondi. Saylov natijalariga koʻra, bosh vazir Gabriel Attal isteʼfoga chiqadi.

“Birgalikda” prezidentlik koalitsiyasi ikkinchi, birinchi turda gʻalaba qozongan Marin Le Penning “Milliy birlik” partiyasi esa uchinchi oʻrinni egalladi.

Fransiya prezidenti Emmanyuyel Makron partiyasi Yevroparlamentga saylovlarda imkoniyatni boy berganidan keyin uning qarori bilan muddatidan oldin parlament saylovlari oʻtkazilishi eʼlon qilingan edi.

“Yangi xalq fronti” koalitsiyasi yetakchisi Jan Lyuk Melanshon saylov natijalaridan soʻng Falastin davlatchiligini tan olish zaruriyati haqida gapirgan. Shuningdek, u Fransiya irqchilik, islomofobiya, antisemitizm va har qanday dinga nisbatan nafrat pardasini yopishi kerakligini qoʻshimcha qilgan.

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Pekinda Xitoy rahbari Si Szinpin bilan uchrashdi.

Orban oʻz tashrifini “Tinchlik missiyasi 3.0” deb taʼriflab, Xitoyning Rossiya va Ukraina oʻrtasida tinchlikni oʻrnatishdagi potensial rolini taʼkidladi.

Yevropalik siyosatchining taʼkidlashicha, Pekinning taʼsiri tinchlik yoʻlida sharoit yaratish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Uchrashuvda XXR raisi Yevropa Ittifoqi kuchlarini Rossiya va Ukraina oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri tinchlik muzokaralarini qayta tiklashni qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.

Xitoy davlat teleradiokompaniyasi CCTV maʼlumotlariga koʻra, Si Szinpin xalqaro hamjamiyat ikki tomon oʻrtasidagi muloqot va muzokaralarga yordam berishi kerakligini aytgan. U yirik davlatlar oʻt ochishni toʻxtatishga erishishga ijobiy hissa qoʻshishi zarurligini taʼkidladi.

Xitoy, ayniqsa, Ukrainadagi mojaro boshlanganidan beri Rossiya bilan strategik hamkorlikni saqlab kelmoqda. Chin diyori oʻzini neytral, deb koʻrsatishiga qaramay, savdo hajmini oshirish orqali Rossiya iqtisodiyotini qoʻllab-quvvatladi. Xalqaro izolyatsiyaga duch kelgan Rossiya uchun bu hamkorlik juda muhim edi. Shu sababli ham Yevropa Ittifoqi Pekinning Moskvaga soʻzi oʻtishiga ishonishmoqda.

Orbanning Pekinga tashrifi uning oʻtgan hafta Rossiya va Ukrainaga qilgan kutilmagan sayohatlaridan keyin sodir boʻldi. Rossiyada u prezident Vladimir Putin bilan uchrashib, davom etayotgan mojaroni muhokama qilgan. Uning xatti-harakatlari Kiyev va Yevropa Ittifoqi tomonidan tanqidga uchradi. Orbanning pozitsiyasi Yevropa Ittifoqining urush boʻyicha pozitsiyasiga putur yetkazishi mumkinligidan xavotirda.

Vengriya iyul oyi boshidan Yevropa Ittifoqiga raislik qilishni boshlagan.

Modi Moskvada

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ikki kunlik rasmiy tashrif bilan Moskvaga tashrif buyurdi.

Bosh vazir joʻnab ketishidan oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishni intiqlik bilan kutayotganini aytib, uni doʻst deb atagan.

U Hindiston va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi alohida imtiyozli strategik sheriklik soʻnggi 10-yil ichida, jumladan, energetika, xavfsizlik, savdo, sarmoya, sogʻliqni saqlash, taʼlim, madaniyat, turizm va odamlar oʻrtasidagi almashuv sohalarida rivojlanib borayotganini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?