Misrdan C gepatitiga qarshi dori vositalarining oltinchi turkumi Oʻzbekistonga yetkazildi

11:02 26 Fevral 2024 Jamiyat
77 0

Joriy yilning 24-fevral kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan C gepatitiga qarshi “Sofosbuvir-400mg” dori vositasining joriy yildagi oltinchi turkumini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi.

Umumiy 12 ta qutida joylashtirilgan 6720 dona “Sofosbuvir-400mg” dori vositalari Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

Oʻzbekistonning Misrdagi elchixonasi maʼlumotiga koʻra, ushbu mamlakat hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million AQSH dollariga teng boʻlgan jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) C gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” V gepatitiga qarshi “Entekavir” dori vositalarini insonparvarlik koʻmagi sifatida Oʻzbekistonga taqdim etilishi boʻyicha kelishuvga erishilgan.

2023-yil davomida umumiy qiymati 696 ming dollarga teng boʻlgan mazkur nomdagi dori vositalari mamlakatimizga taqdim etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?