Mis xomashyosini chuqur qayta ishlash yanada jadallashtiriladi

12:12 21 Fevral 2024 Hujjatlar
124 0

“Respublikada mis xomashyosini chuqur qayta ishlashni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-77-son, 19.02.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, birja savdolari orqali xarid qilingan mis xomashyosi uchun toʻlovlarning 25 foizini boʻnak tarzida, qolgan 75 foizini mis xomashyosi olinganidan soʻng 90 kun ichida toʻlashga ruxsat beriladi.

Bunda mis xomashyosi uchun toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan har bir kun uchun toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlar summasi quyidagicha belgilanadi:

— 30 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga – foiz hisoblanmaydi;

— 31 kundan 60 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga − Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida foiz hisoblanadi;

— 61 kundan 90 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga − Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblanadi.

Qaror 2024-yil 1-apreldan kuchga kiradi hamda uning talablari 2024-yil 1-aprelga qadar tuzilgan shartnomalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?