Mirzo Ulugʻbek izdoshlari Samarqandda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Yurtimizda buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi Mirzo Ulugʻbek tavalludining 630-yilligini keng nishonlanmoqda. Prezidentimizning shu yil 12-sentyabrda qabul qilingan qarorida Mirzo Ulugʻbek ilmiy-ijodiy merosini chuqur oʻrganish va targʻib etish, xalqaro ilmiy konferensiya va forumlar, koʻrgazmalar, madaniy tadbirlar oʻtkazish belgilangandi.

Bugun Samarqand shahrida “Mirzo Ulugʻbek – buyuk qomusiy olim va mashhur davlat arbobi” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan mazkur anjuman qatnashchilari dastlab Mirzo Ulugʻbek rasadxonasida boʻlib, ulugʻ alloma haykali poyiga gullar qoʻyishdi.

Shundan soʻng Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida konferensiya oʻz ishini boshladi. Unda yurtimizning taniqli ilm-fan namoyandalari, oʻnga yaqin davlatdan yigirmadan ortiq olimlar ishtirok etmoqda.
Konferensiya dasturidan Mirzo Ulugʻbekning astronomiya ilmi rivojiga qoʻshgan hissasi, yaratgan asarlariga oid soʻnggi tadqiqotlar natijalari, ilmiy yangiliklar, oʻsha davr ilmiy va madaniy hayotiga doir hamda ulugʻ alloma shogirdlarining faoliyatiga bagʻishlangan maʼruzalar, taqdimotlar oʻrin olgan.
Anjuman davomida Mirzo Ulugʻbekning “Ziji jadidi Koʻragoniy” va “Toʻrt ulus tarixi” nomli asarlarining bir necha tildagi yangi nashrlari taqdimoti oʻtkaziladi.
Samarqand davlat universitetida xorijlik olimlar tomonidan maʼruzalar oʻqilishi, professor-oʻqituvchilar va talabalar bilan uchrashuvlar oʻtkazish ham rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring