Mirobodda “Cobalt” yoritgich ustuniga urilib yonib ketdi
Foto: YHXB
Toshkent shahrida yoritgich ustuniga toʻqnashgan “Cobalt” yonib ketdi. Bu haqda shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 3-sentyabr kuni soat 21:00 larda Mirobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasida sodir boʻlgan. 2002-yilda tugʻilgan S.X. “Cobalt” rusumli transport vositasida harakatlanish vaqtida rul boshqaruvini yoʻqotib, yoritgich ustuniga borib urilgan. Oqibatda avtomashinada yongʻin kelib chiqqan.
“Yongʻin tuman FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida ogʻir tan jarohati olganlar yoʻq”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda mazkur hodisa yuzasidan YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, zarar miqdoriga aniqlik kiritilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring